Maxsus Dizaynli Shopper Sumkalar

Ekologik, Uslubli va Amaliy!

🛍 Brendingizni targ‘ib qilish, xarid qilish, kundalik foydalanish va reklama aksiyalari uchun mukammal tanlov!

Nima uchun

maxsus dizaynli shopperlar tanlash kerak?

Tabiatga do‘st, qulay va bardoshli sumkalar!
Biz yuqori sifatli matolar va zamonaviy bosma texnologiyalari yordamida siz xohlagan logotip, yozuv yoki grafik dizaynni shopperlarga bosib chiqaramiz yoki kashta qilamiz.

Brendingiz uchun samarali reklama vositasi

kompaniya logotipi va shiori tushirilgan sumkalar uzoq muddat targ‘ibot olib boradi.

Har kuni qulay foydalanish uchun

bozorga borishda, ofis va sayohat paytida ideal hamroh.

Logotipli shopper sumkalar tayyorlaymiz - buyurtma bering!

Sifatli material va qulaylik

paxta, poliester, byaz, jinsi kabi yuqori sifatli matolar ishlatiladi.

Ekologik va qayta ishlatiladigan mahsulot

plastik paketlarga alternativ sifatida tabiatga zarar yetkazmaydi.

Shaxsiylashtirilgan dizayn

logotip, shior yoki maxsus grafik naqsh qo‘shish imkoniyati.

biz taklif etamiz

Sifatli va uzoq muddatli sumkalar tanlash uchun to‘g‘ri material tanlash muhim. Bizda 4 asosiy mato turi mavjud:

Kashta tikish

bardoshli va estetik qo'llash usuli bo'lib, mahsulotga yuqori darajadagi ko'rinish beradi.

Termotransfer (termoperenos) bosma

murakkab va yuqori detallarga ega tasvirlarni chop etish imkonini beradi. Kichik partiyalar uchun ajoyib variant.

Vinil plyonka bosib chiqarish

maksimal aniqlik va mustahkamlik.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri matoga bosish (DTG)

murakkab va ko‘p rangli tasvirlarni yuqori aniqlik bilan chop etish imkonini beradi.

Bosib chiqarish texnologiyalari

textil bosib chiqarish texnologiyasi
Kiyim va textil ustiga maxsus bosma buyurtma qilish

Xizmatingizdamiz

📦 Minimal buyurtma va yetkazib berish

  • Minimal buyurtma: 50 dona (shaxsiy buyurtmalar uchun kichik partiyalar ham mavjud)
  • Ishlab chiqarish muddati: 3-7 ish kuni
  • Narxi: Narx buyurtma turiga qarab belgilanadi, ammo minimal narx 80 000 so‘mdan boshlanadi.
  • Yetkazib berish: O‘zbekiston bo‘ylab tezkor yetkazib berish xizmati
Toshkentda shopper sumka buyurtma qilish - arzon narxlarda!

Biz bilan bog'laning

📞 Buyurtma berish va bog‘lanish

Siz o‘zingizga mos maxsus dizaynli shopperlar yaratishni xohlaysizmi?
Hoziroq biz bilan bog‘laning va buyurtmangizni joylashtiring!

🚀 Sifatli, o‘ziga xos va brendlangan sumkalar uchun eng yaxshi yechim – bizda!

Maxsus dizaynli shopperlar – Sizning brendingiz uchun ekologik va samarali reklama vositasi

Zamonaviy brendlar uchun reklama vositalarining samaradorligi nafaqat e’tiborni tortish, balki foydalilik va ekologik yondashuv bilan ham baholanadi. Aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, bunday mahsulotlar eng dolzarb va afzallikli yechim hisoblanadi. Ular mijozlarga qulaylik beradi, ko‘p marta foydalaniladi va har safar sizning brendingizni namoyish etishda davom etadi.

Shopper nima uchun mashhur?

Ular kundalik ehtiyojlar uchun ishlatiladigan, yengil, bardoshli va qulay mato yoki eko materialdan tayyorlangangi uchun mashhurdir. Ular nafaqat xaridlar uchun, balki universitetga, ishga, dam olishga borayotganda ham qo‘l keladi. 

Endilikda, biz sizga faqat oddiy mahsulot emas, balki sizning brendingiz, reklamangiz va uslubingizni o‘zida mujassam etgan variantlarini taklif qilamiz. Ular sizning mijozlaringiz qo‘lida yuradi, brendingiz esa ularning kundalik hayotiga kirib boradi.

Toshkentda sumka tayyorlash xizmati

Agar siz Toshkentda bunday xizmatini qidirsangiz, biz eng optimal yechimni taklif qilamiz. Siz o‘zingiz xohlagan dizaynni taqdim etasiz – biz esa yuqori sifatli materiallardan, mustahkam va estetik ko‘rinishga ega mahsulotlarni tayyorlab beramiz. Bizda mavjud texnologiyalar matoga mukammal bosma qilish, tikuv sifati, va tezkor ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

Bu jarayon quyidagicha ishlaydi:

  1. Mijoz dizayn yoki logotipni yuboradi.

  2. Biz dizaynni joylashtirish, rang va o‘lchamlarni kelishamiz.

  3. Ular bosma texnologiyasi bilan tayyorlanadi.

  4. Tekshiruv va sifat nazoratidan so‘ng yetkazib beriladi.

Brend tushirish – reklama vositasi sifatida

Ular sizning kompaniyangiz yoki tashkilotingiz haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi vositadir. Ko‘chada, bozorda, universitetda, hattoki mehmonxonada ham mijozlaringiz ushbu brendlangan mahsulotni olib yuradi – bu esa siz uchun harakatdagi reklama deganidir.

Ular ayniqsa quyidagilar uchun samarali:

  • kompaniyalar, brendlar

  • savdo nuqtalari (butik, supermarket, yarmarka)

  • ko‘rgazma va tadbirlar

  • sovg‘a paketlari sifatida

  • brendni tanitish aksiyalari

Siz o‘zingizga mos o‘lcham, rang va shakldagi sumkani tanlab, biz bilan logotipingizni joylashtiring. Bizda turli uslublar mavjud – minimalistikdan tortib to rang-barang, original dizayngacha.

Logotip – mijoz bilan aloqa vositasi

Bu mijozlarga sizni eslatib turadigan noan’anaviy reklama shaklidir. Ularning narxi past, ammo ta’siri yuqori. Siz logotip, shior, ijtimoiy tarmoqlaringiz manzili, yoki QR kodni joylashtirishingiz mumkin. Har safar mijoz sumkani ishlatganda, sizning brendingiz ham ko‘rinishda bo‘ladi.

Reklama uchun doimiy effektli vosita izlayotgan bo‘lsangiz – logotipli mahsulotlar – eng arzon va samarali yechimdir.


Ekologik javobgarlik

Bugungi kunda ekologik muammolar fonida, eko mahsulotlar biznes imijining ajralmas qismiga aylangan. Polietilen paketlardan voz kechish, ekologik toza materiallardan foydalanish nafaqat atrof-muhit, balki sizning brendingiz obro‘siga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bizning mahsulotlar:

  • to‘qima yoki paxtadan tayyorlanadi

  • yuvishga yaroqli

  • ko‘p marta ishlatiladi

  • zamonaviy dizayn va ranglarga ega

Shu bilan birga, ular qulay, estetik va foydali aksessuar sifatida har doim ishlatiladi. Bu esa ularni reklama uchun ajoyib variant sifatida ham ayni muddao qiladi.


Nega aynan biz?

✅ 100% mijozga moslashtirilgan dizayn
✅ Qayta foydalaniladigan, ekologik toza materiallar
✅ Yuksak bosma sifati
✅ Turli o‘lcham, rang, tutqich, yopiluvchilar
Toshkentda tez va sifatli ishlab chiqarish
✅ Katta yoki kichik miqdordagi buyurtmalarga xizmat ko‘rsatamiz
✅ Yetkazib berish O‘zbekiston bo‘ylab


Buyurtma berish juda oson:

📞 Telefon: +998 88 136-4000
🌐 Sayt orqali ariza: 24/7 onlayn
📦 Yetkazib berish: Toshkent va barcha viloyatlarga.

Balkim bu siz uchun qiziqdir!

Maxsus Dizaynli ryukzak va noutbuk sumkalari

🛍 Ishbilarmonlar, talabalar, sayohatchilar va kompaniyalar uchun mukammal tanlov!